Fond Moskvada bo‘lib o‘tgan ekspertlar guruhi yig‘ilishida ishtirok etdi

2022-yilning 5-7 dekabr kunlari Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash Fondi direktori Nadir Abbosov Moskva (Rossiya) shahrida bo‘lib o‘tgan ekspertlar guruhi yig‘ilishida ishtirok etdi. Ushbu tadbir YeOII (Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi) hududidagi bank depozitlarini sug‘urtalash (kafolat qilish), kredit tashkilotlarini tugatish, moliyaviy sog‘lomlashtirish va bankrotlik sohasidagi qonun hujjatlarini muvofiqlashtirishga bag‘ishlandi.

Tadbirda Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan omonatlarni sug‘urtalash tashkilotlari mutaxassislari ishtirok etdi. Depozitlarni sug‘urtalash tizimida axborot texnologiyalarini rivojlantirish va ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tajriba almashishga alohida e’tibor qaratildi. Xulosa qilib aytganda, omonatlarni sug‘urtalovchilar direktorlar kengashi omonatlarni kafolatlash tizimini yanada samarali targ‘ib qilish maqsadida ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.