Qirg'iziston Respublikasi Omonatlarni himoya qilish agentligi bilan memorandum

 

2022-yil 8-iyun kuni Qozon shahrida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash Fondi va Qirg‘iziston Respublikasining Omonatlarni himoya qilish agentligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur Memorandumni imzolashdan maqsad Fond va Agentlik o‘rtasida ochiq muloqot va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, shu jumladan ikki tomonlama maslahat, ishchi uchrashuvlar, amaliy seminarlar va davra suhbatlarini tashkil etish va o‘tkazish orqali omonatlarni sug‘urtalash tizimini takomillashtirish ikki davlat omonatchilari manfaatlarini himoya qilishni ta'minlash sohasi bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.

Tomonlar omonatlarni sug‘urta qilish sohasida ilg‘or jahon tajribasini joriy etish, tugatilayotgan banklar omonatchilari manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha amaliy tajriba almashish, shuningdek, banklar omonatlarini moliyalashtirishda moliyaviy barqarorlikni saqlashda Fond va Agentlikning rolini kuchaytirish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldilar. 

photo2022-07-1912-35-01-min.jpg

photo2022-07-1912-34-53-min.jpg

 photo2022-07-1912-34-57-min.jpg