"Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
19.09.2002 y. N 326
"FUQAROLARNING BANKLARDAGI OMONATLARINI HIMOYALASH KAFOLATLARI TO’G’RISIDA"GI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
QONUNINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI HAQIDA
"Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi tashkil etilsin.
Belgilab qo’yilsinki:
Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi yuridik shaxs hisoblanadi va banklar bilan tuzilgan yozma bitimlar asosida faoliyat ko’rsatadi;
Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondining mol-mulki banklarning majburiy badallari, mablag’larni joylashtirishdan olingan daromadlar, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
2. Quyidagilar:
Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi to’g’risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi kuzatuv kengashining shaxsiy tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondining kuzatuv kengashi a’zolari boshqa ishga o’tgan taqdirda ularning lavozimiga yangidan tayinlangan shaxslar uning tarkibiga kiritiladi.
3. Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi ijro etuvchi organining tuzilmasi shtatdagi xodimlarining cheklangan soni 5 nafardan iborat bo’lgan holda (xizmat ko’rsatuvchi xodimlardan tashqari) 3-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
4. Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi ikki oy muddatda tijorat banklari bilan tegishli yozma bitimlar tuzilishini ta’minlasin.
Belgilansinki, yangidan tashkil etiladigan tijorat banklari Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi bilan bank operasiyalari o’tkazish huquqini beruvchi lisenziya olingan kundan boshlab bir oydan kechikmay yozma bitimlar tuzishlari shart.
5. Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondining kuzatuv kengashi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda bir oy muddatda:
tijorat banklari tomonidan Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondiga majburiy badallar to’lash va ma’lumotlar taqdim etish tartibini tasdiqlasin;
Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi ijro etuvchi organini joylashtirish, uni o’z funksiyalarini bajarish uchun zarur texnika va aloqa vositalari bilan jihozlash chora-tadbirlarini ko’rsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari R.S. Azimov va O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Vazirlar Mahkamasining
2002 yil 19 sentyabrdagi
326-son qaroriga
2-ilova
Fuqarolarning banklardagi omonatlarini
kafolatlash fondi kuzatuv kengashining tarkibi
G’ulomov R.A.. |
- Markaziy bank raisining o’rinbosari, kuzatuv kengashi raisi |
Qo’chqorov J.A.
|
- Moliya vazirining o’rinbosari Davlat byudjeti bosh boshqarmasi boshlig’i, kuzatuv kengashi raisining o’rinbosari |
Jo’raev SH.J. |
- Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari |
Boqiev F.X. |
- Markaziy bank Lisenziyalash va tijorat banklari faoliyatini tartibga solish departamentining direktori |
Abdullaev S.P. |
- O’zbekiston banklar uyushmasi bosh direktorining o’rinbosari |
Vazirlar Mahkamasining
2002 yil 19 sentyabrdagi
326-son qaroriga
3-ILOVA
Fuqarolarning banklardagi omonatlarini
kafolatlash fondi ijro etuvchi organi
TUZILMASI
|
|
DIREKTOR
|
|
|
|
||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|||||
Direktor o’rinbosari - Fond mablag’larini shakllantirish guruhi rahbari |
Bosh buxgalter
|
||||||||||||
|
|
||||||||||||
|
|
|
|
|
|||||||||
Fond mablag’larini shakllantirish bo’yicha bosh mutaxassis
|
Fond mablag’larini joylashtirish va haq to’lash bo’yicha bosh mutaxassis
|
||||||||||||
|
|||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|||||||
|
Jami: shtatdagi xodimlar soni 5 nafar (xizmat ko’rsatuvchi xodimlardan tashqari)