Rossiya Federatsiyasining omonatlarni sug'urtalash agentligi bilan memorandum

 

2022-yilning 8-iyun kuni Qozon shahrida O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash Fondi va Rossiya Federatsiyasining “Omonatlarni sug‘urtalash agentligi” davlat korporatsiyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur Memorandumni imzolashdan maqsad Fond va Agentlik o‘rtasida ochiq muloqot va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, shu jumladan ikki tomonlama maslahat, ishchi uchrashuvlar, amaliy seminarlar va davra suhbatlarini tashkil etish va o‘tkazish orqali omonatlarni sug‘urtalash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar, ikki davlat omonatchilari manfaatlarini himoya qilishni ta'minlash sohasi ishlab chiqishdan iborat.

Ikki davlat tomonlari omonatlarni sug‘urta qilish sohasida ilg‘or jahon tajribasini joriy etish, tugatilayotgan banklar omonatchilari manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha amaliy tajriba almashish, shuningdek, banklar omonatlarini moliyalashtirishda moliyaviy barqarorlikni saqlashda Fond va Agentlikning rolini kuchaytirish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldilar. 

 

 bayrok.png

 photo2022-11-2510-23-00.jpg