Savol-javob
Javob: Kafolatlash obyektlari – jismoniy shaxslarning, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlarning, shuningdek yuridik shaxslarning banklardagi Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasi va chet el valyutasidagi omonatlari.
Kafolatlash obyektini aniqlashda quyidagilar omonat deb hisoblanadi:
- bank omonati shartnomasiga yoki bank hisobvaragʻi shartnomasiga muvofiq bankka qoʻyilgan, shu jumladan shartnomaning tegishli shartlari bajarilguniga qadar alohida hisobvaraqlarda saqlanadigan (“eskrou” xizmati), shuningdek omonat (depozit) sertifikatlari bilan tasdiqlangan pul mablagʻlarining qoldigʻi;
- bank omonati shartnomasi yoki bank hisobvaragʻi shartnomasi boʻyicha hisoblangan, biroq kafolatlash hodisasi yuzaga kelguniga qadar toʻlanmagan foizlarning qoldigʻi, agar ularni hisoblash mazkur shartnomalarda nazarda tutilgan boʻlsa, shuningdek omonat (depozit) sertifikatida belgilangan foizlarning hisoblangan, biroq toʻlanmagan qoldigʻi.
Kafolatlash obyektlari va kafolatlash obyektlari bo‘lmagan hamda omonat hisoblanmaydigan mablag‘lar to‘g‘risida “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari toʻgʻrisida” Qonunning 25-moddasida batafsil ma’lumot berilgan.
Javob: Bir bankda bir omonatchining, jumladan jismoniy shaxslarning, yakka tartibdagi tadbirkorlarning, yuridik shaxslarning 200 million so‘mgacha bo‘lgan omonat mablag‘lari kafolatlanadi.
Xususan, bir bankda bir omonatchiga toʻlanadigan kompensatsiya quyidagi miqdorni tashkil etadi
- kafolatlash obyekti qoldigʻining toʻliq hajmini, agar uning miqdori 200 million soʻm yoki undan kam boʻlsa;
- 200 million soʻmni, agar kafolatlash obyektining qoldigʻi 200 million soʻmdan koʻp boʻlsa.
Javob: Quyidagilar kafolatlash obyekti boʻlmaydi:
● banklarning, nobank kredit tashkilotlarining, lizing tashkilotlarining, sugʻurta tashkilotlarining, investitsiya va pay fondlarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining yoki chet davlat vakolatli organining tegishli litsenziyasiga yoki ruxsatiga asosan faoliyat yuritayotgan yoxud faoliyatini vakolatli organlarni xabardor qilish tartibida amalga oshirayotgan boshqa moliya tashkilotlarining omonatlari;
● davlat tashkilotlari va korxonalarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining yoki chet davlatning davlat organlari omonatlari;
● bankka aloqador shaxslarning omonatlari, bundan bankning boshqaruv aʼzolari va muhim ahamiyatga ega xodimlarining oxirgi uch oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlari miqdoridan oshmaydigan omonatlari mustasno;
● chet elda ochilgan sho‘ba banklardagi yoki bank filiallarida ochilgan omonatlar;
● shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlarida jamgʻarilgan pul mablagʻlari;
● jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq faoliyatdan olinganligi sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan tasdiqlangan pul mablagʻlari.
Javob: Kafolatlash hodisasi – bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani chaqirib olish va bankni majburiy tugatish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qaror qabul qilinishi natijasida yuzaga keladigan holat.
Kafolatlash hodisasi yuz berganda kompensatsiya to‘lovlari litsenziyasi chaqirib olingan bankni Tugatish komissiyasi tomonidan shakllantirilgan reyestrga asosan, Agentlik mablag‘lari hisobidan agent-bank orqali to‘lab beriladi.
Qonunning 29-moddasiga muvofiq Agentlik tugatilayotgan bank omonatchilarining kamida toʻrtdan uch qismiga kompensatsiyalarni olish imkoniyatini:
- 2026-yil 1-yanvardan boshlab — kafolatlash hodisasi yuzaga kelgan sanadan eʼtiboran 15 ish kuni ichida ta’minlashi;
- 2027-yil 1-yanvardan boshlab — kafolatlash hodisasi yuzaga kelgan sanadan eʼtiboran 7 ish kunida taʼminlashi shart ekanligi belgilangan.
Kafolatlangan omonatlar bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlari milliy valyutada to‘lanadi.
Chet el valyutasidagi kafolatlangan omonatlar boʻyicha kompensatsiya Markaziy bankning kafolatlash hodisasi yuzaga kelgan sanadagi kursi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida toʻlanadi.