Diqqat tanlovda ishtirok eting

Tashkilotchilar:
Finlit.uz hamda Omonatlarni kafolatlash agentligi.
Tanlov maqsadi
Tanlov Butunjahon jamgʻarish kuni munosabati bilan oʻtkazilmoqda.
Maqsad – aholining, ayniqsa yoshlarning, moliyaviy savodxonligini oshirish, jamgʻarish odatini shakllantirish va pulni toʻgʻri boshqarish koʻnikmalarini rivojlantirishdir.
Shuningdek, tanlov orqali fuqarolarning omonatlarni kafolatlash tizimi haqida xabardorligini oshirish ham koʻzda tutilgan.
Tanlov muddati:
- Videolarni qabul qilish: 2025-yil 3-noyabrdan 3-dekabrgacha (ushbu muddat davomida joylashtirilgan videoroliklar tanlovda ishtirok etadi);
- Natijalar eʼlon qilinishi: 2025-yil 10-dekabr.
Qatnashuvchilar:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida istiqomat qiluvchi barcha fuqarolar (18 yoshga to‘lmagan ishtirokchilar ota-onasi yoki qonuniy vakilining roziligi bilan) tanlovda ishtirok etishi mumkin.
Videorolik tayyorlash talablari:
- Davomiyligi 3 daqiqagacha boʻlishi lozim;
- Video vertikal (1080x1920 piksel) formatda va sifatli (kamida HD 1080p) boʻlishi lozim.
Videorolik mavzulari:
1. “Har bir soʻm muhim” – jamgʻarishni boshlash uchun kichik qadamlardan boshlang;
2. “Bugundan jamgʻara boshlasam, ertam tinch boʻladi” – moliyaviy intizom va kelajak uchun rejalashtirish;
3. “Omonatlaringiz – ishonchli qoʻlda” – omonatlarni kafolatlash tizimi haqida qisqa tushuntirish;
4. “Farzandlarimizga moliyaviy tarbiya beraylik” – yoshlar o‘rtasida moliyaviy savodxonlikni oshirish;
5. “Orzularni jamgʻarish bilan amalga oshiring” – jamgʻarma maqsadlari va motivatsiya;
6. “Bankdagi omonatlar qanday himoyalangan?” – kafolat tizimi ishlash tamoyillari;
7. “Jamgʻarma – mustahkam kelajak poydevori” – shaxsiy masʼuliyat va moliyaviy barqarorlik;
8. “Omonat va ishonch” – bank tizimiga bo‘lgan ishonchning ahamiyati;
9. “Moliyaviy savodxonlik – hayot sifati kaliti” – kundalik hayotda pulni to‘g‘ri boshqarish;
10. “Jamgʻarish – bu odat, emas majburiyat” – foydali moliyaviy odatlarni shakllantirish.
Ushbu yoʻnalishlarga yaqin mavzular ham tanlanishi mumkin.
Tanlov Butunjahon jamgʻarish kuni munosabati bilan oʻtkazilayotganini inobatga olib, videoroliklarda jamgʻarishning ahamiyati hamda omonatlarni kafolatlash tizimi haqida maʼlumotlarni aks ettirish tavsiya etiladi va qoʻllab-quvvatlanadi.
Qatnashish shartlari:
- Talablarga mos videorolik tayyorlash;
- Videoni Instagram tarmogʻiga reels shaklida joylashtirish;
- Quyidagi heshteglardan foydalanish: #jamgarma2025, #finlituzb, #UzOKAuz.
- Quyidagi sahifalarni belgilash (tag qilish): @centralbankuzbekistan, @finlituzb va @uzoka.uz
- Ishtirokchining Instagram sahifasi ochiq boʻlishi kerak (tanlov natijalari eʼlon qilingunga qadar).
Barcha talablarni bajargan ishtirokchilarga qatnashish IDsi beriladi (@finlituzb Instagram sahifasiga shaxsiy xabarlar orqali).
Gʻoliblarni aniqlash mezonlari:
- Eng koʻp layk toʻplagan video muallifi – Apple iPhone smartfoni bilan taqdirlanadi;
- Eng koʻp koʻrilgan video muallifi – Apple iPad planshetini qoʻlga kiritadi;
- Eng koʻp qayta ulashilgan (repost qilingan) video muallifi – Apple Watch aqlli soatini yutib oladi.
- Tashkilotchilar ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan videoroliklardan oʻz faoliyatiga oid axborot-targʻibot ishlarida foydalanish huquqiga ega;
- Tanlov natijalari eʼlon qilingandan soʻng, gʻoliblarga sovgʻalar topshiriladi va bu jarayon ijtimoiy tarmoqlarda yoritiladi;
- Ishtirokchilar oʻz videoroliklarida uchinchi shaxslarning huquqlarini (mualliflik, shaxsiy hayot daxlsizligi va boshqalar) buzmasliklari shart;
- Ishtirokchilar videoroliklarini ijtimoiy tarmoqlardan tanlov natijalari eʼlon qilinmagunga qadar oʻchirmasliklari lozim; aks holda, bunday ishtirokchi tanlovdan chetlashtiriladi;
- Har bir ishtirokchi faqat bitta sovrinni yutish huquqiga ega. Agar bir ishtirokchi bir nechta yoʻnalishda gʻolib boʻlsa, unga qiymati yuqoriroq sovrin qoʻyilgan yoʻnalish boʻyicha gʻoliblik beriladi;
- 18 yoshga to‘lmagan ishtirokchilar tanlovda ota-onasi yoki qonuniy vakilining roziligi bilan qatnashishlari mumkin.
Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!
Ijodkorlik bilan yondoshing, ijtimoiy tarmoqlarni oʻz gʻoyalaringiz bilan yoritib, gʻoliblikni qoʻlga kiriting!