Fond Markaziy bank bilan birgalikda FSSVga tanishuv safarini tashkil qildi

Noyabr oyining ikkinchi yarmida Markaziy bank raisi o‘rinbosari/Fond Kuzatuv kengashi raisi boshchiligidagi FBOKF va Markaziy bankning qo‘shma delegatsiyasi Turkiya jamg‘arma depozitlarini sug‘urtalash Fondiga tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida omonatlarni sug'urtalash sohasidagi qarashlar va tajriba almashilindi. Boshqaruv a’zosi Yusuf OXYUZEMER boshchiligidagi FSSV jamoasi delegatsiyani iliq kutib oldi va delegatsiyani FSSV sug’urta tizimi bilan tanishtirish maqsadida omonatlarni umumiy sug’urtalash, depozitlarni to’lash va reabilitatsiya qilish mavzularida taqdimotlar o’tkazdi. Taqdimotlar davomida FSSV va FBOKF har ikki mamlakat bank sohasining xususiyatlari, ularning o‘xshash va farqli tomonlari, shuningdek, har ikki tomon uchun potentsial rivojlanish yo‘nalishlari bo‘yicha turli muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Har ikki tomon tanishuv tashrifini muvaffaqiyatli deb baholadi va kelajakda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.


turkiya-1.jpg

turkiya-2.jpg