Hurmatli omonatchilar!

Kliring jarayonida aniqlik kiritilgandan soʻng mazkur reyestrga kompensatsiya toʻlanishi belgilangan 78 nafar omonatchi qoʻshimcha kiritilib, ular boʻyicha jami 562,4 mln soʻm miqdorida kompensatsiya toʻlanishi nazarda tutilgan.

Kafolatlangan omonatlar boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari Agent-bank orqali belgilangan tartibda amalga oshirilmoqda.


Eslatib o‘tamiz! 

Tugatish komissiyasi maʼlumotiga koʻra, 28 nafar omonatchiga tegishli 49,3 mln soʻm miqdoridagi kompensatsiya toʻlovi kliring jarayonida aniqlik kiritilishi munosabati bilan vaqtincha toʻxtatib turilgan boʻlib, tegishli aniqliklar kiritilgandan soʻng mazkur mablagʻlar toʻlab beriladi.

Mazkur jarayonlar Omonatlarni kafolatlash agentligi va Biznesni rivojlantirish banki tomonidan doimiy nazoratga olingan.