JORIY HOLAT YUZASIDAN MA’LUMOT!
Bugun soat 17:30 holatiga ko‘ra, agent-bank – “Biznesni rivojlantirish banki” ATB orqali “Yangi bank” AJ omonatchilariga 116 mlrd so‘mdan ortiq kompensatsiya mablag‘lari to‘lab berildi.
Eslatib o'tamiz, Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan har bir omonatchiga kompensatsiya mablag‘larini to‘liq va o‘z vaqtida to‘lab berish uchun yetarli moliyaviy resurslar agent-bankka o‘tkazib berilgan.
Agent-bankda mablag‘ yetishmovchiligi bilan bog‘liq hech qanday muammo mavjud emas. Sizlardan xavotirga tushmaslikni, mablagʻlarni oʻzingizga qulay boʻlgan vaqtda olishingiz mumkinligini maʼlum qilamiz.
Ayni paytda “BRB” mobil ilovasida foydalanuvchilar soni keskin ortishi sababli ilovani yuklab olishda ayrim texnik qiyinchiliklar kuzatilishi mumkin.
Ushbu qiyinchiliklar vaqtinchalik boʻlib, ilovaning 24/7 rejimida barqaror ishlashini taʼminlash uchun barcha zarur choralar koʻrilmoqda.
“BRB” mobil ilovasida texnik muammolar yuzaga kelsa 78-150-76-76 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling!
Omonatchilarga kompensatsiya mablagʻlarini olish imkoniyati yaratilganligi ustidan har kuni doimiy nazorat olib boriladi.