RASMIY XABAR
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qaroriga asosan “Yangi bank” aksiyadorlik jamiyati faoliyati tugatilmoqda.
Shu munosabat bilan quyidagilar maʼlum qilinadi:
- Jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlarining 200 million soʻmgacha boʻlgan omonatlari davlat tomonidan kafolatlangan.
- Kafolatlangan omonatlar boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari qonunda belgilangan tartib va muddatlarda, toʻliq hajmda amalga oshiriladi.
- Hozirgi kunda toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirish uchun barcha zarur tashkiliy, moliyaviy va texnik tayyorgarlik ishlari boshlangan.
- Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan kompensatsiya toʻlovlari uchun yetarli moliyaviy resurslar shakllantirilgan.
- Kompensatsiya toʻlovlari belgilangan tartibda va kafolatlangan holda amalga oshirilishi taʼminlanadi.
Kompensatsiya toʻlovlari bilan bogʻliq barcha jarayonlar vakolatli davlat organlarining doimiy va qatʼiy nazorati ostida amalga oshirilmoqda.
Asossiz xavotir va sarosimaga oʻrin yoʻq.
Kompensatsiya toʻlovlarining tartibi, muddatlari va boshqa muhim maʼlumotlar qoʻshimcha ravishda Markaziy bank va Omonatlarni kafolatlash agentligining rasmiy veb-saytlari hamda ijtimoiy tarmoqlari orqali eʼlon qilib boriladi.
Fuqarolardan faqat rasmiy axborot manbalariga tayanish soʻraladi.