Koreya omonatlarni sug‘urtalash korporatsiyasi (KDIC) tomonidan O‘zbekiston Omonatlarni kafolatlash agentligi uchun o‘quv-trening tashkil etildi
Trening davomida koreyalik delegatsiya Koreya Respublikasida omonatlarni kafolatlash tizimining ishlash tajribasi, KDIC tashkil topishi va rivojlanish tarixi, shuningdek IT infratuzilmani shakllantirish va sun’iy intellekt yechimlarini joriy etish bo‘yicha yondashuvlar bilan o‘rtoqlashdi.
Moliyaviy tizim barqarorligini oshirish va raqamlashtirishning amaliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar bilan savol-javob sessiyasi o‘tkazildi.
Treningda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Axborotlashtirish Bosh Markazi mutaxassislari ham ishtirok etdi.

