Hurmatli omonatchilar!
Hozirgi bosqichda Sizdan “BRB” mobil ilovasini yuklab olib, belgilangan tartibda birlamchi identifikatsiyadan oʻtishingizni soʻraymiz!
Biznesni rivojlantirish banki orqali kompensatsiya toʻlovlari boshlanganligi toʻgʻrisidagi rasmiy xabar eʻlon qilinganidan soʻng:
Jismoniy shaxs boʻlgan omonatchilar – “BRB” mobil ilovasining “Omonatlarni kafolatlash agentligi “YANGI BANK” AJ omonatchilariga kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshirish” boʻlimi (banner) orqali belgilangan tartibda identifikatsiyadan oʻtgan holda yoki BRB bank xizmatlari markazlari orqali naqd pul shaklida kompensatsiya to'lovlarini olishlari mumkin boʻladi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslarga kompensatsiya toʻlovlari BRBning bank xizmatlari markazlariga tashrif buyurish orqali mazkur bankda hisobvaraq ochish yoki boshqa bankdagi hisobvaraqqa pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Sizlardan iltimos, Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan omonatchilar reyestri Biznesni rivojlantirish bankiga taqdim etilganligi toʻgʻrisidagi rasmiy xabarni kuting!
Ayni vaqtda barcha jarayonlar qonunchilik talablariga muvofiq, reja asosida va belgilangan muddatlarda amalga oshirilmoqda.
Firibgarlardan ehtiyot boʻling!
Hech qachon begona shaxslarga quyidagi maʻlumotlarni bermang:
- pasport (ID) maʻlumotlari;
- omonat shartnomasi raqami va summasi;
- SMS-kodlar;
- bank karta raqami va karta maʻlumotlari.
☎️Murojaat uchun telefonlar:
Omonatlarni kafolatlash agentligi: 555-500-500
Biznesni rivojlantirish banki: 1254