Hurmatli omonatchilar!

Biznesni rivojlantirish banki orqali kafolatlangan omonatlar bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlari jarayonlari boshlandi.

Eslatib o‘tamiz!

Kompensatsiya to'lovlarini:

Jismoniy shaxslar – “BRB” mobil ilovasi orqali onlayn tarzda yoki BRB bank xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan holda naqd pul shaklida;

Yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar – “BRB” bank xizmatlari markazlariga tashrif buyurish orqali mazkur bankning o‘zida hisobvaraq ochish yoki boshqa bankdagi hisobvaraqqa pul o‘tkazish yo‘li bilan olishlari mumkin.

Muhim:

Kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirilishida Sizdan hech qanday qo‘shimcha to‘lov talab etilmaydi.

Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling – shaxsiy va bank ma’lumotlarini hechkimga bermang.

To'lovlar asossiz kechiktirilsa Omonatlarni kafolatlash agentligiga murojaat qiling.

“BRB” mobil ilovasida texnik muammolar yuzaga kelsa Biznesni rivojlantirish bankining 78-150-76-76 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling!

Rasmiy ma’lumotlarni Omonatlarni kafolatlash agentligi va Biznesni rivojlantirish bankining rasmiy sahifalarida kuzatib boring.

Murojaat uchun telefonlar:

 Omonatlarni kafolatlash agentligi: 555-500-500

 

 BRB aloqa markazi: 1254