Hurmatli omonatchilar!

 

Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan Yangi bankni Tugatish komissiyasi ma’lumotlari asosida shakllantirilgan omonatchilar reyestri belgilangan tartibda Agent-bank – Biznesni rivojlantirish bankiga taqdim etildi.

Mazkur reyestrga muvofiq, jami kafolatlangan omonatlar bo‘yicha 31 507 nafar omonatchiga 208 milliard so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lanishi rejalashtirilgan.

Bu Yangi bank omonatchilarining deyarli barchasini – 98,7 foizini qamrab oladi.

Omonatchilar kesimida:

Jismoniy shaxslar – 31 327 nafar 205 milliard so‘m

Yuridik shaxslar – 126 nafar 2,9 milliard so‘m

Yakka tartibdagi tadbirkorlar – 54 nafar 261 million so‘m

Yaqin muddatlarda Biznesni rivojlantirish banki orqali kompensatsiya toʻlovlari boshlanganligi toʻgʻrisidagi rasmiy xabar qo‘shimcha eʻlon qilinadi.

Hozirda Biznesni rivojlantirish banki tomonidan omonatchilarga kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish bo‘yicha barcha tayyorgarlik ishlari yakunlangan bo‘lib, jarayonning so‘nggi texnik tekshiruv bosqichlari olib borilmoqda.

“BRB” mobil ilovasida texnik muammolar yuzaga kelsa Biznesni rivojlantirish bankining 78-150-76-76 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling!

Rasmiy ma’lumotlarni Omonatlarni kafolatlash agentligi va Biznesni rivojlantirish bankining rasmiy sahifalarida kuzatib boring.

Murojaat uchun telefonlar:

Omonatlarni kafolatlash agentligi: 555-500-500

BRB aloqa markazi: 1254